

Tomonlar 24 yoshli italiyalik futbolchi bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga yaqin.
Ma'lum qilinishicha, Salsedo kelasi hafta tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng transfer rasman e'lon qilinadi.
Hujumchi 2018–2025 yillarda "Inter" tizimida bo'lgan, ammo asosiy jamoa safida biror marta maydonga tushmagan. U "neradzurri" yoshlar jamoasi uchun 35 o'yinda 14 ta gol va 4 ta assist qayd etgan. So'nggi klubi Gretsiyaning OFI jamoasi bo'lgan.
“Rubin”da ayni damda hamyurtimiz Jahongir O'rozov harakat qilmoqda.



