

"Faqat Tramp shunday ajoyib g'oyani o'ylab topishi mumkin edi. Infantino buni a'lo darajada uddalaydi, uni hamma yaxshi ko'radi. U ulkan byurokratik mashinaga yangi energiya olib kirishga, sportdan yangi aloqalarni o'rnatish hamda dunyo yoshlari va kambag'al qatlamlari uchun ilhom manbai sifatida foydalanishga qodir.
FIFA prezidenti va BMT bosh kotibi rollari o'rtasida ma'lum bir o'xshashlik bor. BMTda 193 ta davlat bilan ishlashga to'g'ri keladi. FIFAda 200 dan ortiq mamlakat bor va Jannining ajoyib xizmat tarixi u boshqarishni bilishini ko'rsatadi", – dedi Infantinoning do'sti va Dominika orolidan BMTdagi sobiq elchisi Dzampolli.



