"Milan" yulduzi "Galatasaroy"ning asosiy maqsadiga aylandi

Sherzod Nurmatov
28 may 2026, 13:25
"Galatasaroy" "Milan" vingeri Rafael Leau bilan shartnoma imzolamoqchi.

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar berdi.

Manbaning axborotiga ko'ra, Turkiya klubi 26 yoshli portugaliyalik futbolchiga 10 million evrolik shartnoma taklif qilishga tayyor, transfer narxi esa 40 million evrodan 50 million evrogacha bo'lishi mumkin.

Leau ushbu mavsum barcha musobaqalarda 31 o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 3 ta golli pas uzatgan. Uning "Milan" bilan shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Transfermarkt uning qiymatini 65 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport