Germaniya terma jamoasining asosiy futbolchi uchun JCH yakunlandi

22 iyun 2026, 16:59
Germaniya terma jamoasi himoyachisi Niko Shlotterbek JCH-2026 turnirida boshqa maydonga tushmaydi, deya xabar bermoqda Bild jurnalisti Kristian Falk.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, 26 yoshli germaniyalik futbolchining chap to'piq bo'g'imidagi boylamlari uzilgani tashxis qilingan. U kamida 8 haftani o'tkazib yuboradi.

Himoyachi JCH-2026 guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan Kot-d'Ivuarga qarshi o'yinda (2:1) jarohat oldi.

Germaniya guruh bosqichining so'nggi turida 25 iyun kuni Ekvadorga qarshi maydonga tushadi. Nemislar muddatidan oldin pley-off yo'llanmasini naqd qilib bo'lishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild