

Futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Kot-d'Ivuar bilan o'yinning (2:1) tanaffusida jarohat sababli almashtirilgan edi.
"Nikoning paylari (boylamlari) shikastlangan degan gumon bor. Vaziyat yaxshi ko'rinmayapti", - deb fikr bildirgan murabbiy.
Yakunlangan mavsumda Shlotterbek barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, himoyachining transfer bahosi 55 million evroni tashkil etadi. Jahon chempionatida Niko ikkita to'liq bo'lmagan uchrashuvda qatnashib, 1 ta gol urishga ulgurdi.


