Fati ”Oltin to'p” haqida: “Rodri, Messi va Mbappe JCHni ajoyib o'tkazishdi. Kurash juda shiddatli kechadi”

Sherzod Nurmatov
11 avg 2026, 18:35
“Monako” vingeri Ansu Fati 2026 yilgi “Oltin to'p” uchun kechayotgan kurash haqida fikrlarini bildirdi.

“Hujumchi sifatida men har doim hujumchini tanlayman. Lekin, fikrimcha, Rodri Jahon chempionatida juda ajoyib o'yin ko'rsatdi. Messi ham shunday. U gollar va golli uzatmalar soni bo'yicha rekordlarni yangiladi. Mbappe ham fantastik turnir o'tkazib, eng yaxshi to'purar bo'ldi.

Bu yilgi kurash juda shiddatli bo'ladi. Yamal ham da'vogarlar qatorida, u - chempion. Shunday ekan, kutib kuzatamiz”, – dedi Fati.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS