"Inter Mayami"da MSN triosi tiklanishi mumkin

Aslanov Jasurbek
11 avg 2026, 22:14
Neymar qishda "Inter Mayami"ga o'tishi mumkin.

Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Felipe Melo qishda Neymar "Inter Mayami"da Lionel Messi bilan yana birga o'ynashi mumkinligini ma'lum qildi. "Men ilgari "Santos" haqida ayrim yangiliklarni keltirgan do'stim bilan gaplashdim. U menga Neymar Mayamida o'ynashini aytdi. Yanvarda u Mayamiga boradi. Agar bu sodir bo'lsa, bu haqda birinchi bo'lib men aytgan bo'laman. Ko'ramiz, keyin nima bo'larkan", – dedi Melo o'zining YouTube kanalida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail