Dortmundning "Borussiya"sida eng ko'p maosh oluvchi futbolchi o'zgardi

10 apr 2026, 23:50
"Borussiya" D himoyachi Niko Shlotterbek bilan shartnomani uzaytirdi.

Yangi kelishuv 2031 yil yoziga qadar davom etadi. Shu orqali u klubdagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylandi - yiliga 14 million evro. Oldinroq germaniyalikka "Real", "Barselona" va "Bavariya" jiddiy qiziqish bildirgandi.

Niko 2022 yildan buyon dortmundliklar tarkibida o'ynamoqda. Ushbu mavsumda u Bundesliganing 22 o'yinida 4 gol va 1 assist qayd etdi.

gettyimages-2270755430-2048x2048.jpg


Manba: bvb.de