

“Paxtakor” bu bosqichda Iordaniyaning “Al Hussayn” jamoasini 3:0 hisobida taslim qilib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Dostonbek Hamdamov (dubl) hamda Bashar Resanning gollari “sherlar”ga yirik g'alabani taqdim etdi.
Elit OCHLning liga bosqichiga 18 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 13:00da qur'a tashlanadi. Marosim Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, turnirda “Paxtakor”dan tashqari “Neftchi” O'zbekiston chempionati g'olibi sifatida ishtirok etadi.



