

"U yerda superjamoa bor edi, Kasilyas uning sardori va eng yaxshi o'yinchisi edi. Ammo psixologik jihatdan u noqulay holatda edi. Birinchi suhbatimiz chog'ida u menga: "Men terma jamoa futbolchilari uchun qo'shimcha tatil kunlarini so'rab keldim", dedi. Ikkinchi marta u mashg'ulotlarni bir soatga siljitishni so'radi, chunki men mashg'ulotni boshlamoqchi bo'lgan paytda Madridda tirbandliklar ko'p bo'lardi. Uchinchi marta esa ular mehmonxonaga borishni xohlamasliklarini, o'yin kuni uchrashib, to'g'ri stadionga borishni afzal ko'rishlarini aytdi. Men ularning erkalanib ketganini tushunib etdim", – dedi shu yozda "Real"ga qaytgan portugaliyalik.



