"Metallurg" futbol akademiyasida ko'rik tashkillashtirildi

admin
11 avg 2026, 17:35
Kelajakda professional futbolchi bo'lishni niyat qilgan har bir bolakayga katta futbol uchun yo'l ochib berayotgan "Metallurg" futbol akademiyasi yosh iqtidorlar uchun 1 haftalik ko'rik tanlovini e'lon qildi.

“Barcha zarur hujjatlar, tibbiy ma'lumotnoma taqdim etgan hamda 1,2 mln so'm miqdorida to'lovni amalga oshirgan bolakaylar 1 haftalik ko'rikda ishtirok etadi. Ana shu mashg'ulotlar, ko'rik davomida bolakaylar murabbiylar bilan bevosita muloqotda bo'ladi, o'zini maydonda sinab ko'rib, salohiyatiga real baho beriladi.

Ajab emas, aynan shu iqtidorlar ichidan bazilari akademiya tarbiyalanuvchilari qatoriga kirib, kelajakda etuk futbolchi bo'lib yetishadi hamda O'zbekiston bayrog'ini xalqaro maydonlarda baland hilpirashiga o'z hissasini qo'shadi.

Xabaringiz bor, Bekobod shahridagi mazkur akademiya nafaqat yurtimiz balki O'rta Osiyoda o'z o'rniga ega hamda ham futbol mashg'ulotlari, ham maktab talimini o'zida mujassamlashtirgan O'zbekistondagi yagona futbol akademiyasi hisoblanadi”, – deyiladi xabarda.

4.jpg5.jpg6.jpg7.jpg8.jpg9.jpg

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Championat.asia