Pogba Angliyadagi "Monako" yig'inida jarohat oldi va mashg'ulosni muddatidan oldin tark etdi

Aslanov Jasurbek
11 avg 2026, 21:14
"Monako" yarim himoyachisi Pol Pogba Angliyadagi yig'inda jarohat oldi.

Nice-Matin ma'lumotlariga ko'ra, mashg'ulot vaqtida Pogba qichqirib yubordi va maysaga yiqildi. Shifokorlar futbolchiga yordam ko'rsatib, chap soniga bog'lam qo'yishdi, shundan so'ng u tibbiyot shtabining ikki xodimi hamrohligida maydonni tark etdi. Zaxira o'rindig'ida Pogba yuzini futbolkasi bilan yopib oldi, "Monako" bosh murabbiyi Filipe Luis uni ruhlantirdi. Takidlanishicha, yoz boshida francuz futbolchisi o'ng tizzasida ham noqulaylik his qilgan. Pogba umumiy guruhdagi mashg'ulotlarga faqat o'tgan juma kuni kirishgan edi. O'tgan mavsumda 33 yoshli yarim himoyachi "Monako" safida bor-yo'g'i 6 ta rasmiy o'yin o'tkazdi, ularning barchasi Liga 1'ga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Nice-Matin