"Borussiya" "Real" va "Barsa" qiziqishi fonida Shlotterbek bo'yicha qaror qabul qildi

Sherzod Nurmatov
24 fev 2026, 15:25
Dortmundning "Borussiya" klubi Niko Shlotterbek bo'yicha bir qarorga keldi.

O'yinchi klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan. Shu sabab "asalarilar" bir yildan keyin bepul kyetib qolishining oldini olish uchun uni sotmoqchi.

Niko uchun asosiy da'vogar - "Real". Shuningdek, o'yinchiga "Barselona" va "Liverpul" ham qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq OAVda Shlotterbek 50 mln evro evaziga La Ligaga ko'chib o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Mole