

"Biz ishonchni yo'qotmadik. Uchrashuv boshi juda omadsiz boshlandi.
Birinchi zarba - va darvozamizdan darhol gol joy oldi. Keyinroq yanada qiyinlashdi. Suv ichish uchun berilgan birinchi tanaffusdan so'ng tashabbusni qo'lga oldik. Menimcha, foydamizga penalti belgilanishi kerak edi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar bor kuchlarini ishga solishdi va biz g'alabaga erishdik. G'alaba haqqoniy bo'ldi, lekin ancha mehnat qilishimizga to'g'ri keldi.
Shunday kayfiyatni saqlab qolish kerak: agar qiyin bo'lsa - ha, bu qiyin, ammo sabr va ishonchni yo'qotib bo'lmaydi. Darvozabon Lionel Mpasi-Nzo mo'jizalar ko'rsatdi - uning seyvlari aql bovar qilmas darajada edi", - deya Tuxelning so'zlaridan iqtibos keltiradi BBC.



