Florentino Peres: "Yaxshi murabbiy "Real"ning o'yinini yo'lga qo'yib oladi"

29 may 2026, 10:10
"Real" prezidenti Florentino Peres yangi bosh murabbiy bilan jamoa o'z salohiyatini to'liq namoyish eta olishiga ishonch bildirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, Madrid klubi tarkibida dunyoning eng yaxshi futbolchilari jam bo'lishgan.

"Yaxshi murabbiy jamoamizning o'yinini yo'lga qo'yib oladi, chunki bizda dunyoning eng yaxshi o'yinchilari bor. Mbappe, Vinisius, Bellingem, Gyuler, Valverde, Tchuameni… Ular - dunyoda tengsiz", - deya Peresning so'zlarini keltirmoqda Managing Madrid nashri.

Mish-mishlarga ko'ra, shu yozda "Real"ni 2010 yildan 2013 yilgacha ham "qaymoqranglilar"ni boshqargan Joze Mourinyu o'z qo'liga oladi.

Bundan tashqari, "Real" prezidenti shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan Vinisius Juniorning kelajagi haqida ham alohida to'xtalib o'tdi:

"Vinisius shartnomasini uzaytiradimi? Men buni bilmayman, lekin uning jamoada qolishini xohlayman, chunki u dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biridir".

O'xshash yangiliklar


Manba: Managing Madrid