Mareska "Manchester Siti"dan "Real" futbolchisini sotib olishni so'radi

Sherzod Nurmatov
29 may 2026, 11:50
Enco Mareska allaqachon "Manchester Siti"dagi ilk transfer harakatlarini boshlamoqda.

"TEAMtalk" xabariga ko'ra, "Manchester Siti" bo'lajak bosh murabbiyi klub rahbariyatiga 26 yoshli marokashlik vinger Braim Diasni "Real"dan sotib olish istagi haqida ma'lum qilgan.

2.jpg

Mareska Diasning o'yin uslubini yoqtiradi. Vinger faoliyatini "Siti" akademiyasida boshlagan va hatto "shaharliklar"ning asosiy jamoasida o'ynagan, ammo 2019 yilda u madridliklarga 18 million evro evaziga o'tgan.

Dias ushbu mavsum "qaymoqranglilar" safida 42 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning hozirgi narxi 35 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk