

Manbaga ko'ra, Madrid klubi tarbiyalanuvchisi 22 yoshli ispaniyalik futbolchi bu mavsum barcha musobaqalarda 36 o'yinda 7 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi va "Real" e'tiborini tortdi.
Futbolchining "Osasuna" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning qiymatini 20 million evroga baholamoqda.



