Florentino Peres "Atletiko" haqida: "Men klubni boshqarib, keyin uni sotib boyib ketadiganlar toifasidan emasman"

Aslanov Jasurbek
13 may 2026, 11:41
"Real" prezidenti Florentino Peres "Atletiko"ning yangi xo'jayinlarini tanqid ostiga oldi.

"Men vada qilganimdek, klub aktivlarini uning a'zolariga topshirishni istayman. Klub ularga tegishli. Men "Atletiko"ni boshqarib, keyin uni sotib yuborgan va shu orqali boyib ketganlar kabi emasman. Men uchun ultraslar emas, klub a'zolari ovoz berishadi", - dedi Peres yil boshida "Atletiko"ning nazorat paketini (57 foiz) sotib olgan Amerikaning "Apollo" jamg'armasiga shama qilib.

Eslatib o'tamiz, hozirda "mattraschilar" klubi taxminan 2,5 milliard evroga baholanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca