"Real" Enco Fernandesni sotib olish bo'yicha kelishuvga ikki nafar futbolchisini kiritishi mumkin

26 iyun 2026, 13:50
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres "Chelsi" yarim himoyachisi Enco Fernandesning 120 million evrolik transfer qiymatini kamaytirish uchun "qaymoqranglilar"ning amaldagi futbolchilarini ushbu kelishuvga kiritish variantini ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda "Defensa Central" xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, madridliklar argentinalik futbolchining o'tishi bo'yicha kelishuvga himoyachi Alvaro Karreras va yarim himoyachi Eduardu Kamavingani qo'shishlari mumkin. "Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso Karrerasning transferiga rozi bo'lishi istisno etilmaydi, chunki u "Real"ni boshqargan vaqtida ham ushbu futbolchining transferini yoqlab chiqqan edi.

Takidlanishicha, "Qirollik klubi" Enco Fernandes uchun muzokaralarsiz 120 million evro to'lamoqchi emas. "Real" yarim himoyachining narxini imkon qadar pasaytirishni istamoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Defensa Central