

"Sening futbol o'ynashingni tomosha qilish doimo ushbu sport turining eng buyuk sharaflaridan biri bo'lib kelgan, azizim Lionel Messi. Maydonda sen imkonsiz narsalarni imkonli qilasan va butun dunyoni sening istedodingga bo'lgan hayrat atrofida birlashtirasan. Senga samimiy quchoqlarimni yo'llayman. Er sayyorasida futbol eng sevimli sport turiga aylanishi uchun qilgan barcha ishlaring uchun tashakkur. Senga tug'ilgan kuning muborak bo'lishini tilayman hamda to'rt yil oldin Qatarda milliy terma jamoang bilan qo'lga kiritgan unvoningni himoya qilayotganing - ushbu jahon chempionati guruh bosqichining so'nggi o'yinlaridan birida keyingi muvaffaqiyatlarni tilab qolaman. Sen hali ham butun dunyodagi millionlab insonlarga futbolga bo'lgan ishtiyoqni hech kimga o'xshamaydigan tarzda taqdim etishda davom etmoqdasan", - deb yozdi Infantino o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
24 iyun kuni Lionel Messi 39 yoshga to'ldi. 2026 yilgi jahon chempionatida hujumchi beshta gol urishga ulgurdi. Futbolchi Jazoir bilan o'yinda (3:0) xet-trik qayd etgan bo'lsa, Avstriyaga qarshi uchrashuvda (2:0) dublga erishdi.



