Ekvador prezidenti terma jamoaning JCH pley-off bosqichiga chiqqani sharafiga dam olish kuni e'lon qildi

26 iyun 2026, 12:55
Ekvador prezidenti Daniel Noboa mamlakat terma jamoasi futbol bo'yicha jahon chempionatining pley-off bosqichiga yo'llanma olganidan keyin 26 iyun kunini dam olish kuni deb e'lon qildi.

26 iyunga o'tar kechasi ekvadorliklar Germaniyani (2:1) mag'lub etishdi va guruhda uchinchi o'rinni egallab, JCH-2026 ning 1/16 finaliga yo'l olishdi.

"O'yinchilar va murabbiyga rahmat. Tanqidlar, haqoratlar va boshlaridan kechirgan og'ir damlarga qaramay, ular o'zlarini tiklab olishga hamda butun mamlakatga cheksiz quvonch baxsh etishga muvaffaq bo'lishdi.

Ertaga - dam olish kuni! Yashasin Ekvador!" - deb yozdi Noboa ijtimoiy tarmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru