

Nabatdagi o'yin kuni natijalariga ko'ra, Yaponiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Avstraliya, Kot-d'Ivuar va Ekvador terma jamoalari 1/16 finalga yo'l olishdi.
Bundan oldinroq Meksika, Janubiy Afrika Respublikasi, Shveytsariya, Kanada, Bosniya va Gertsegovina, Braziliya, Marokash, AQSH, Germaniya, Fransiya, Norvegiya, Argentina va Kolumbiya terma jamoalari keyingi bosqich yo'llanmasini naqd qilib qo'ygan edi.
Bundan tashqari, 1/16 finalning uchta yangi juftligi ham aniqlandi: AQSH - Bosniya va Gertsegovina, Braziliya - Yaponiya, Niderlandiya - Marokash.



