"Barselona" "Fenerbaxche" darvozabonini ijaraga olmoqchi

Sherzod Nurmatov
20 avg 2026, 11:55
“Barselona” “Fenerbaxche” darvozaboni Dominik Livakovichni safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Kataloniya klubi xorvatiyalik posbonni bir mavsumga ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda, biroq yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Bundan tashqari, “Barselona” Voycex Shensnining shartnomasi yakunlangach, Joan Garsiyaning o'rniga Livakovichni 2027 yilda ikkinchi darvozabon sifatida tarkibga jalb qilish variantini ham o'ylab ko'rmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif