

Manba ma'lumotlariga ko'ra, Chelsi italiyalik futbolchining Xabi Alonso jamoasi o'ynaydigan uch himoyachi sxemasida himoyalanish qobiliyatini qayd etmoqda. O'z navbatida, “Liverpul” Bastonini 35 yoshli Virjil van Deykka o'rinbosar sifatida ko'rib chiqmoqda. “Manchester Siti” Saudiya Arabistonidan qiziqish bo'layotgan Ruben Diash klubni tark etgan taqdirda 27 yoshli futbolchini sotib olishi mumkin.
Bastoni transferining avvalgi bahosi taxminan 70 million funt sterling (81,2 million evro) edi.



