"Napoli" Lukakuni 6 million evro va bonus evaziga "Fenerbaxche"ga sotdi

Aslanov Jasurbek
12 avg 2026, 21:25
"Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

"Fenerbaxche" Belgiya terma jamoasining 33 yoshli hujumchisi transferi haqida e'lon qildi. Kelishuv tafsilotlari oshkor etilmayapti. Futbolchi bugun kechqurun Turkiyaga yetib keladi.

Avvalroq Istambul klubi Romelu uchun 6 million evro va bonus to'lashi xabar qilingan edi.

Seriya Aning o'tgan mavsumida Lukaku bor-yo'g'i 5 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi. 2026 yilgi jahon chempionatida uning hisobida 6 ta o'yinda 3 ta gol va bitta assist bor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/Fenerbahce