Evro-2024. Akmal Xolmatov: "Xorvatiya yoshargan holda yanada kuchli terma jamoaga aylanadi. Kutilmagan nomlar qiziq emas. Lekin..."

Iskandarov Abdulaziz
25 iyun 2024, 15:18
Germaniya yashil maydonlarida bo'lib o'tayotgan Yevropa chempionati bahslari qizg'in pallaga kirib bormoqda.

Terma jamoalar guruh bosqichidagi ishtiroklarini yakuniga etkazmoqda. Omadi kelganlar keyingi bosqichga, yana ayrimlari o'z yurtlariga yo'l olishmoqda. Biz bu borada "Paxtakor", "Neftchi" jamoalari sobiq futbolchisi Akmal Xolmatovning fikrlari bilan qiziqdik. 


"Umuman olganda hamma terma jamoalar yaxshi taassurot qoldirmoqda. Bu oddiy musobaqa emas, Yevropa chempionati. Shunday ekan o'yinlar shiddatli o'tmoqda. Avvalgilaridan ajralib turadigan jihatlari bor. Menga Gruziya terma jamoasining o'yini yoqdi. Kutilmagan nomlar juda ham qiziq deya olmayman. 

Xorvatiyaning o'yiniga to'xtalsak, ular har doimgidek kuchli. Lekin omadi kelmayapti. Kuchli murabbiy tarkibni yoshartirtirgan holda yanada kuchliroq jamoaga aylantirishi mumkin. 

Favoritlar kuchini tejayapti emas, raqiblar yaxshi qarshilik ko'rsatmoqda. Ular o'z o'yinlarini o'ynayapti",- deydi Akmal Xolmatov. 

Abdulaziz Iskandarov


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia