"Arsenal" Gyokereshni sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
23 okt 2026, 12:20
"Arsenal" hujumchi Viktor Gyokereshning transferi uchun 65,5 million evro narx belgiladi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, agar 28 yoshli shvetsiyalik futbolchi yaqin 12 oy ichida jamoani tark etishga qaror qilsa, klub u bilan xayrlashishga rozi. Biroq londonliklar o'z vaqtida "Sporting"ga to'langan mablag'ni to'liq qaytarib olish niyatida.

Forvard 2026/27 yilgi mavsum 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2025/26 yilgi mavsumda esa u 55 ta o'yinda 21 ta gol va 3 ta assist qayd etgandi.

Xabar qilinishicha, Gyokeresh o'yin amaliyoti kamligidan norozi va kelasi yozda jamoadan ketish masalasini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Shu bilan birga, "Arsenal" 65,5 million evrolik narx xaridorlarni cho'chitmaydi, aksincha qiziqishni oshiradi deb hisoblaydi: Italiya, Ispaniya va APLning bir nechta klublari vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

Futbolchining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 55 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider