Keyn yangi shartnoma bo'yicha "Bavariya"da qancha maosh olishi ma'lum

17 okt 2026, 09:10
"Bavariya" hujumchisi Garri Keyn yangi shartnomasiga ko'ra haftasiga 400 ming funt (475 ming evro) ishlab tapadi.

Biroq, 33 yoshli forvard 2023 yildan beri aynan shuncha maosh olib kelmoqda. Bu haqda The Times xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Keyn 2030 yilgi Jahon chempionatiga qadar yuqori darajada to'p surish uchun shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirishni istagan edi. Ammo "Bavariya" shartnomani 2029 yilgacha uzaytirishni talab qildi.

Keyn 2023 yilning yozidan beri "Bavariya" tarkibida to'p surib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida ingliz futbolchisi barcha turnirlarda 156 ta o'yinda ishtirok etib, 154 ta gol va 37 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Myunxen klubida hujumchi ikki marta Germaniya chempioni bo'ldi va Germaniya Superkubogini qo'lga kiritdi, shuningdek bir bor mamlakat Kubogida zafar kuchdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Times