Umarali Rahmonaliev: “Chempionlar Ligasi va Premer-ligada yaxshi natija uchun kurashamiz”

Sherzod Nurmatov
26 okt 2026, 19:30
“Sabah” jamoasi UEFA Chempionlar Ligasi va Ozarbayjon Premer-ligasida yaxshi natijaga erishish uchun harakat qiladi.

Bu haqda Baku klubi futbolchisi Umarali Rahmonaliev “Report” nashriga ma'lum qildi.

23 yoshli yarim himoyachining takidlashicha, jamoa tig'iz taqvimda o'ynashga ko'nikishi kerak.

“UEFA Chempionlar Ligasida “Viking”ga qarshi safardagi o'yin qiyin bo'ladi. Norvegiyaga yo'l olishdan oldin mehmonda “Turan Tovuz” bilan kuch sinashamiz. Ammo menimcha, biz bunga ko'nikishimiz kerak. Chunki evrokuboklarda ham, chempionatda ham yaxshi natija uchun harakat qilamiz”.

O'zbekistonlik futbolchi chempionatning 9-turida “Qorabog'” bilan qayd etilgan golsiz durang haqidagi fikrlari bilan ham o'rtoqlashdi:

“Juda qiziqarli o'yin bo'ldi. Muxlislar ham zavq olishdi. G'alaba qozonish uchun ko'p mehnat qildik. Ammo shunday bo'ldiki, o'yin durang bilan yakunlandi. Uchinchi zonada imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik”.

Rahmonaliev stadiondagi muhit ajoyib bo'lganini ta'kidladi:

“Stadion, maydon maysasi a'lo darajada edi. Biz ham zavq oldik”.

U joriy mavsum Premer-liga yanada qiziqarli o'tishini qo'shimcha qildi:

“Har bir jamoa yaxshi kurash olib bormoqda. Bu muxlislar uchun ham yaxshi. Kurash oxirigacha davom etadi. Kim kuchli bo'lsa, o'sha chempion bo'ladi”.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Report.az