

"Milan", "Barselona" va "Bordo" sobiq o'yinchisi Jahon chempionati o'yinlarini boshqarishi kerak bo'lgan somalilik hakam Omar Artanning AQSHga kiritilmaganidan norozi.
"Hakamning somalilik bo'lgani uchun ishdan chetlatilishi... Bunda irqchilikka oid chuqur mano bor", – dedi Dyugarri.
54 yoshli Fransiya terma jamoasining sobiq a'zosi chiptalar narxidan ham hayratda qoldi:
"Chiptalar narxi juda qimmat! Men ko'rgan hamma narsamdan, sportim shunday holatga kelib qolganidan uyalaman".



