

"U shu yerda (Fransiya terma jamoasi bilan – tahr.). Hammasi joyida", – dedi Desham.
Avvalroq ESPN manbalarga tayanib, 25 yoshli "Arsenal" futbolchisi JCH finalini o'tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar bergandi.
"Metro" nashrining xabar berishicha, Saliba 1 iyun kuni jismoniy tayyorgarlik ko'rigidan o'tgan, ammo tibbiy xodimlar hali ham natijalarni kutishmoqda va murabbiyning bayonotiga qaramay, uning qanchalik tayyor ekanligi noma'lum.
Saliba Fransiya terma jamoasi safida 2022 yil mart oyida debyut qilgan. U terma jamoa safida 31 o'yinda qatnashgan.



