"Biz favorit emasmiz, lekin u erga hammani er tishlatish uchun ketyapmiz". Desham - Fransiya terma jamoasining JCH-2026dagi maqsadi haqida

7 iyun 2026, 10:10
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham milliy jamoaning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

"Biz favorit emasmiz, lekin u erga hammani er tishlatish uchun ketyapmiz. Men biz favoritlardan ustunmiz demayapman, men biz boshqalarning barchasidan kuchliroqmiz deyapman. Biz buni uddalaymiz, hammasi shunga borib taqaladi. Har qanday holatda ham, cho'qqiga chiqish uchun qarshimizdan chiqqan har bir raqibni engishimiz shart. Biz kuchli uchlikni bilamiz, ammo ulardan keyin kim kelishini bilmaymiz. Keling, bu haqda o'ylaylik va e'tiborimizni aynan o'sha kuchli uchlikka qarataylik. Bu shunchaki bir talqin, ammo bu ham hayotning bir qismidir", - dedi Desham M6 Info YouTube-kanalidagi videoda.

O'xshash yangiliklar


Manba: M6 Info