Chempionship tarixidagi eng yaxshi to'purar 40 yoshida faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
12 okt 2026, 15:55
Angliyalik futbolchi Billi Sharp faoliyatini tugatganini e'lon qildi.

40 yoshli Sharp Chempionship, Liga 1 va Liga 2 kabi mamlakatning kuch jihatidan ikkinchi, uchinchi hamda to'rtinchi divizionlarida to'p tepib, APLdan tashqaridagi Angliya futbolining haqiqiy afsonasiga aylangandi.

Umumiy hisobda Sharp faoliyati davomida 814 ta o'yin o'tkazib, 299 ta gol urgan. U o'z faoliyatini Chempionship tarixidagi eng yaxshi to'purar (130 ta gol) va Liga 1 tarixidagi gollar soni bo'yicha beshinchi ko'rsatkich sohibi (111 ta gol) maqomida yakunlamoqda.

"Sheffild Yunayted" (10 mavsumda 359 ta o'yin) va "Donkaster" (6 mavsum) klublari Sharp uchun ikkita asosiy jamoa bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif