"Liverpul" Jahon chempionini o'z safiga qo'shib olmoqchi

26 sen 2026, 09:40
"Liverpul", "Chelsi" va "Manchester Siti" Madridning "Atletiko" klubi o'ng qanot himoyachisi, 2026 yilgi jahon chempioni Markos Lorentega qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida nihoyasiga etadi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, "Atletiko" 31 yoshli futbolchini saqlab qolmoqchi va uning mehnat shartnomasini uzaytirish bo'yicha ish olib bormoqda.

Qayd etish joizki, Lorente Chempionlar Ligasida "Liverpul" darvozasiga beshta gol urgan va ularning har biri "Enfild"da kiritilgan.

Joriy mavsumda Lorente barcha turnirlarda sakkizta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: TEAMtalk