"Chelsi" yangi bosh murabbiy bir qarorga keldi

16 may 2026, 08:40
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso kelasi mavsumda London "Chelsi"sining bosh murabbiyi bo'lishi mumkin.

Bu haqda talkSPORT jurnalisti Ben Djeykobs o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Manbaga ko'ra, London klubi hozir e'tiborini butunlay Angliya Kubogi finalida "Manchester Siti"ga qarshi o'tkaziladigan o'yinga qaratgan. Biroq o'yindan keyin "aristokratlar" rahbariyati mutaxassis bilan muzokaralarni qayta boshlashga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Alonso 2025 yil iyunidan 2026 yil 12 yanvarigacha "Real"ni boshqargan. Murabbiy sifatida 28 o'yin o'tkazib, 20 ta g'alaba, 3 ta durang va 5 ta mag'lubiyat qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: talkSPORT