Rasman: Xabi Alonso - "Chelsi" bosh murabbiyi

17 may 2026, 13:20
"Chelsi" ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonsoni jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi.

44 yoshli ispaniyalik mutaxassis londonliklar bilan 4 yillik shartnoma imzoladi (2030 yilning yozigacha). U 1 iyuldan ish boshlaydi.

"Chelsi" 2025/26 yilgi mavsumda ikkita murabbiyni - Enco Mareska va Liam Rosenorni ishdan bo'shatdi. Ulardan keyin jamoani bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Kalum Makfarleyn boshqargan. Hozir "ko'klar" APLda 9-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: chelseafc.com