

“Liverpul” birinchi bo'limdayoq raqib darvozasiga ikkita to'p kiritdi. Gollarga Aleksandr Isak va Endryu Robertson mualliflik qildi. “Kristal Pelas” esa ikkinchi bo'limda Daniel Munosning goli bilan cheklandi. 90+6 daqiqada Florian Virc hisobni 3:1 ko'rinishiga olib keldi." “Liverpul” APLda 34 o'yindan so'ng 58 ochko bilan to'rtinchi, “Kristal Pelas” esa 33 o'yinda 43 ochko bilan o'n uchinchi o'rinda bormoqda.


Bu o'yin ligada qolish uchun kurashni davom ettirayotgan “Tottenxem” uchun muhim edi. O'yinning 82-daqiqasida Joau Palinya gol urib, “shporlar”ga muhim bo'lgan uch ochkoni keltirdi. Qayd etish kerakki, jamoa 2026 yildagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.
“Tottenxem” APLda 34 o'yindan so'ng 34 ochko bilan o'n sakkizinchi o'rinda bormoqda. 17-o'rindagi “Vest Xem” ham ushbu turda g'alabaga erishdi va 36 ochko bilan xavfli zonada bir pog'ona yuqorida bormoqda.





