

- Bu o'yinga har kim o'z nuqtayi nazaridan qaraydi, nima bo'layotganiga, nima ko'rayotganingiz muhim. Men murabbiy sifatida, bu yigitlarning murabbiyi sifatida aytishim mumkinki, agar biz 5:0, 6:0, 7:0 hisoblarida yutqazganimizda, men juda chuqur o'ylangan bo'lardim. Lekin biz, adashmasam, ettinchi o'yinni minimal hisobda yutqazyapmiz. Demak, jamoa tirik. Faqat, albatta, bazi bir nyuanslar bor, shunchaki oldinga yurish va oxirigacha kurashish kerak.
- Savolim shunday: men ham buni payqadim va bu fikrga qo'shilaman. Mag'lubiyatga qaramay, o'yin sifatiga razm solamiz. Biz faqat gollarga emas, balki vaziyatlarning ko'pligiga ham e'tibor beramiz. “Navbahor” bilan o'yinda umuman ajoyib bo'lgandi. “Nasaf” bilan ham bir qancha vaziyatlar bo'ldi. Lekin bugun sizni mag'lub etgan jamoa, 90 daqiqa davomida atigi ikkita vaziyat yaratdi. Savol shunday: bu Andrey Sergeevichning o'yin tuzilmasi, yani 5-4-1 sxemasi bilan bog'liqmi? Jamoa juda yaxshi himoyalandi, yaxshi jismoniy futbol ko'rsatdi. Yoki baribir maydon holatiga qaralsa, u yerda to'p sakraydi, uchadi. Dmitriy Pletnyovga yaxshi pas bermoqchi bo'lasiz, lekin u yerda, bilmadim, go'yoki oltinchi markaziy himoyachi sifatida do'nglik o'ynayotgandek tuyuladi. Shu haqida gapirib bera olasizmi?
- Ha, o'ylaymanki, siz ham buni payqadingiz, to'g'ri tahlil qildingiz. Biz boshqa bunday futbol o'ynay olmaymiz. Bu bizning DNKimizda yo'q. Chunki bizning DNKimizda, bizning o'zligimizda futbol o'ynashga harakat qilish bor. Chunki akademiyadan boshlab “Bunyodkor”da shuni o'rgatishadi va bu to'g'ri. Kombinaciyalar orqali futbol orqali o'ynash, harakat qilib ko'rish kerak. Maydonni o'zingiz ko'rdingiz. Bu, albatta, katta muammo. Chunki bizdagi futbolchilar, hozirgi tarkibdagilar, hammasi bo'yi past, texnikasi kuchli. Ular qisqa masofada, qisqa pas bilan, maksimal 10-15 metrda o'ynashadi. Albatta, biz boshqa futbol o'ynay olmaymiz. Kachorri o'tgan yili ketgan edi. Biz uni ligadan tushib ketishdan qutulib qolish uchun olgandik va shunday bo'ldi ham. Chunki to'pni unga tashlardik, u qanotga uzatardi, pas berardi, qisqa uzatma va gol. Shunaqa futbol o'ynardik. Qutulib qolish uchun oldinga qadamlar tashladik. Shuning uchun, o'ylaymanki, agar men “Qo'qon-1912”ga qarshi yana bir shunday o'yin o'tkazishim kerak bo'lsa, men yana xuddi shunday tarkib bilan maydonga tushardim. Chunki uchinchi daqiqada biz shunchaki tajribasizlik tufayli xatoga yo'l qo'ydik. U yerda shunchaki dastlabki 10 daqiqada soddaroq o'ynash kerak edi. Biz ularga gol sovg'a qildik va ular bundan foydalanishdi. Umuman olganda, albatta, maydon biz hammamiz intiladigan yoki o'ynashni xohlaydigan futbolni o'ynashga imkon bermaydi. Yoki kimlargadir shunday futbol yoqar, bilmadim.

- Yani, agar maydon “Lokomotiv”nikidek bo'lganda, u yerda silliq, yaxshi maydon, 5-4-1 sxemasida vaziyatlar ko'proq bo'larmidi?
- Yo'q, buni men bilmayman, Xudo biladi. Lekin o'ylaymanki, texnikasi kuchli futbolchilarda imkoniyatlar ancha ko'p bo'ladi. Ular hafta davomida aynan shunday uslubda mashq qilishadi, to'p sakramaydigan, nazorat ostida bo'lgan, er bilan o'ynaydigan sharoitda shug'ullanishadi. Shuning uchun, albatta, ustunlik ko'proq bo'ladi. Qayerdadir kesib o'tuvchi pas berish, birga-bir vaziyatda aldab o'tish, qayerdadir zarba berish, to'p sakramaydi. Siz to'g'ri takidlaganingizdek, Dmitriy Pletnyov, Nosir Abdusalomov, Azizbek To'lqinbekov, Amir To'raqulov, ularning hammasi juda yaxshi darajadagi, texnikasi kuchli futbolchilar. Shuning uchun bunday maydonda o'ynash qiyin, albatta. Ha, o'ylaymanki, hisob qanday bo'lishini bilmayman, balki yutqazarmidik, balki yo'q, bilmayman.
- Bugun bir holat menga juda yoqdi. Hamkasblarim buni ko'rishmadi, ular stadiondan kuzatishdi. Biz esa televidenieda translyatsiya qilamiz. Shunday bo'ldiki, birinchi suv tanaffusi paytida hamkasblarimiz “Qo'qon-1912” jamoasi oldiga borishdi va u yerda aynan taktika haqida gap ketayotgan edi. Ilgari ham shunday taktika bo'lardi, biznikilar yaqinlashib, mikrofonni efirga yoqishardi. Bu efirda ko'rsatilardi. Va darhol ular yo mikrofonni o'chirishni aytishardi, chunki raqib bizning rejalarimizni bilishini xohlamaymiz deyishardi yoki darhol jim bo'lib qolishardi. Bugun Shipilov shogirdlari hammasini ko'rsatib, qayerda, kim bilan o'ynash kerakligini aytib berishdi. Keyin ikkinchi bo'limda siz ham xuddi shunday qildingiz. Yani, ochiqchasiga tushuntira boshladingiz. Tomoshabinga bu juda qiziq. Shunchaki “qani, qani, qani, bu erga tur, yop, ikkitang yoki uchalang” deyishdan ko'ra. Yani, shunday fikrlar bor. Savol shunday: bu amaliyotni keyingi o'yinlarda ham qoldirish mumkinmi? Va bizni hech kim haydab yubormagani uchun rahmat. Hamkasblarimiz yaqinlashib, kamerani, mikrofonni yoqishadi va bu hammasi efirga uzatiladi, buni teletomoshabinlar eshitishadi. O'ylaymanki, hammaga bo'lmasa ham, ko'pchilikka bu juda qiziq.
- Ha, o'ylaymanki, bu allaqachon odatiy holga aylanishi kerak. Chunki O'zbekistonda “Qo'qon-1912” yoki “Bunyodkor” murabbiyini eshitishning nima keragi bor, hozir Netflixni yoqib, Arteta, Gvardiola, Kloppni eshitish mumkin. Ular kiyinish xonasida bemalol taktika haqida gapirishadi. Internetda hamma narsa bor, futbolda hech kim yangilik yaratmayapti. Shuning uchun, bizning gaplarimizni eshitish… u yerda shunday buyuk murabbiylar gapiryapti, bizni eshitishning nima keragi bor? Men umuman aytmoqchimanki, bu aslida juda qiziq. Chunki O'zbekistondagi muxlislar, ular buni xohlashadi, ular shu bilan yashashadi, bu hissiyotlar. Men bunda hech qanday yomon narsa ko'rmayapman. Va o'ylaymanki, bu to'g'ri. Odamlar futbolga mehr qo'yishi uchun, o'ylaymanki, bu juda to'g'ri. Va siz xalqni o'zingizga yaqinlashtirasiz, ular hissiyotlarni tuyishadi. O'ylaymanki, bu yaxshi amaliyot.
- Bizda yana bir amaliyot bor. O'yindan bir soat oldin protokolni olganimizda, tarkibni ko'ramiz. Bazilar yonimizda turib, “aha, bo'ldi, o'zgartiramiz” deyishadi. Aslida, siz, masalan, qanotni almashtirsangiz, besh daqiqadan keyin baribir bu tushunarli bo'ladi. Bu sirlarning nima keragi bor? Shuning uchun bizda bir murabbiy bo'lardi, ismini aytmayman, kamera yaqinlashsa, “kamerani ol” derdi. Futzalda esa O'zbekistonda hamma narsa ochiq. Va odamlar murabbiylarni eshitishni xohlashadi. Siz Neftlixni misol qilib, to'g'ri aytdingiz. Odamlar boshqa kontent, boshqa sifat olishni xohlashadi. Kim qayerda o'ynayapti, kim qayerda ochilyapti. Buni ular bizdan ololmaydi. Sizdan esa birinchi qatorlardan olishlari mumkin. Shuning uchun, agar O'zbekiston murabbiylari bu borada birlashsa, biz uchun juda zo'r bo'lardi.
- Ha, o'ylaymanki, bu umuman madaniy yutuq bo'lardi. Chunki nimani yashirish kerak? Qandaydir almashtirishni yashirish, o'ylab topish, demak, sizda yashiradigan narsangiz bor. Agar yashiradigan narsangiz bo'lmasa, siz ochiqsiz, butun hafta ishlagansiz, nimani yashirasiz? Bilmadim, menda biroz boshqacha dunyoqarash. Ochiq, shaffof bo'lishi kerak, odamlar xursand bo'lsin. Futbol – bu xalq sport turi. Va men, masalan, shunday bo'lishi tarafdoriman. Chunki bu keskinlik, hamma narsani yopib, yashirish… bilmadim, men boshqacha dunyoqarashdaman. Shaffof bo'lishi kerak, odamlar o'ssin, balki kimdir nimadir eshitib, o'zi uchun oladi, jamoasida yosh futbolchilar bilan qo'llaydi. Nima uchun bunday qilish kerak emas? Nimani ushlab turish kerak?
- Lekin Kannavaro, sizning yurtdoshingiz, italiyalik, u 80 foiz narsani ko'rsatmaydi, oxirigacha sir saqlaydi. Lekin bu uning o'ziga xosligi bo'lsa kerak.
- Ha, yo'q, bilmadim. Yo'q, albatta, hamma narsani ko'rsatish shart bo'lmagan narsalar bor. Lekin boshqa tomondan, nima uchun yo'q? Masalan, chet ellik mutaxassis kelganda, biz baribir uni nimadir o'rganish, undan nimadir bilish uchun taklif qilamiz. Nima uchun yo'q? Shunchaki so'rash mumkin. Aytgancha, Fabio juda ochiq odam. U bilan gaplashish mumkin, balki u nimadir aytib berar. Yani, u nimadir o'rgatishi mumkin. Bu shunday imkoniyat, nima uchun yo'q? Shuning uchun… shunday ekan, keling, ko'proq shaffof bo'laylik, zo'r bo'lardi.
- Har bir o'yinda, jamoaviy o'yinda yaxshi harakat, murabbiylik imzosi bor. Yosh futbolchilarda harakat bor. Jamoa intensiv o'ynayapti. Lekin futbolchilarda nimaga o'ynayapmiz, nima uchun o'ynayapmiz degan fikr bormi? Mukofot puli yo'q, maosh yo'q, boshqa narsalar yo'q. Futbolchilarda nima uchun o'ynayapmiz, nima uchun degan fikr bormi?
- Yaxshi savol, nima uchun o'ynayapmiz? Yigitlarni rag'batlantirish, ilhomlantirish uchun, albatta, har bir o'yinchiga individual yondashuv kerak. Masalan, bizda katta yoshdagi o'yinchilar bor, ularni rag'batlantirish juda qiyin. Chunki ularning oilasi bor. Rag'batlantirish juda qiyin, lekin shunga qaramay, ular kurashyapti, kyetib qolishmadi, klubni tark etishmadi, yordam berishni xohlashadi. Yosh yigitlarda esa, albatta, o'zlarini ko'rsatish uchun katta imkoniyat bor. Murabbiylar shtabi hozir to'layotgan narx bor, biz qolganmiz, klubni tark etmadik. Albatta, oliy ligadan tushib ketish xavfi bor. Lekin men bu klubga, bu yigitlarga yordam berish uchun qolganimda, o'zimga har bir o'yinda kurashishni maqsad qilib qo'ydim. Shuning uchun, o'ylaymanki, ularning har biri shunday maqsad topishi kerak. Biz qutulib qolish uchun hamma narsani qilishimiz kerak. Lekin agar hamma narsa hal bo'lgan bo'lsa, agar “Bunyodkor” tushib ketishi, tarqatib yuborilishi yoki inqirozga yuz tutishi kerak bo'lsa, bu, ehtimol, sodir bo'ladi. Bu endi mening ixtiyorimda emas, demak, shunday bo'lishi kerak. Shuning uchun, hechqisi yo'q, o'ynaymiz, mashq qilamiz, ko'ramiz. Kurashamiz. Chunki o'yin natijasiga ta’sir qiladigan boshqa ko'plab nyuanslar bor. Biz mashq qilishimiz mumkin, keyin oxirgi daqiqada 12 daqiqa qo'shib berib, penalti belgilashsa, yutqazdik. Endi nima, murabbiy yomonmi yoki o'yinchilar yomonmi? Yo'q. Siz xuddi shunday ishlashda davom etasiz. Sizning qadriyatingiz tushib ketganingiz yoki tushib ketmaganingizga bog'liq emas. Siz o'z qadringizni bilasiz, qaerga ketayotganingizni, nima qila olishingizni bilasiz. Mening yoki o'yinchilarimning, murabbiylar shtabining qadriyati natijaga bog'liq emas. Chunki bu juda oson, bu noto'g'ri. Faqat natija bilan… Bugun yigitlar yaxshi futbol o'ynashdi, tengma-teng o'ynashdi. Shuning uchun natija – bu shunchaki bir qobiq.
- “Bunyodkor”ning o'rinbosarlari kecha U-21 chempionatida “Qo'qon”ni 5:0 ga yutdi. Hozir turnir jadvalida ikkinchi o'rinda borayotgan ekan. Hozirgi vaziyat sizni xavotirga solmayaptimi, yetakchi futbolchilar “Bunyodkor”ni tekinga tark etishiga, vaholanki, kelajakda ularni, masalan, har birini 100 ming, 200 ming dollarga sotish mumkin.
- Hozir yigitlarimiz ikkinchi o'rinda ekanligi va ularning kyetib qolish xavfi borligi haqida. Qarang, men yana bir bor takidlayman. Birinchidan, yoshlar tarkibidagi murabbiylar shtabimizni tabriklamoqchiman. Ular juda yaxshi ish qilishyapti, chunki u yerda nozik bir jihat bor. Kecha bugun o'ynagan bazi yigitlar 45 daqiqa o'ynashdi, kimdir charchagan. Shuning uchun… Lekin biz ularning ham chempionatni imkon qadar yuqoriroqda yakunlashlarini xohlaymiz. Nima uchun yo'q? Agar klub parchalanayotgan bo'lsa, tarqalayotgan bo'lsa, bankrot bo'layotgan bo'lsa, yigitlar qaergadir kecin, chet elda o'ynasin. Agar ularni yaxshi klub sotib olsa, nima uchun yo'q? Yoki bizning yetakchi klublarimiz, “Paxtakor”, hozirgi “Neftchi”, “Navbahor”, nima uchun yo'q? Bu yerda xech narsa… prezident yo'q, hech kim yo'q. Shuning uchun, bilmadim. Ular hozir ikkinchi o'rinda ekanligi… ko'pincha shunday bo'ladi, klubda jiddiy muammolar bo'lganda, asosiy jamoa pastga tusha boshlaydi, chunki bizda hamma yosh yigitlar o'ynaydi. Yoshlardan esa hech kim kyetmadi. “Bunyodkor” yigitlari haqiqatan ham yaxshi futbolchilar. Shuning uchun ular yaxshi darajada o'ynashyapti. Biz bundan xursandmiz. Faqat ularni keyin yo'qotib qo'yishimiz yaxshi emas. “Bunyodkor” akademiyasi murabbiylari ularni uzoq vaqtdan buyon tarbiyalab kelishayotgandi. Aytgancha, ular ham juda yaxshi shug'ullantirishadi, shuning uchun ular zo'r. Bu ularning xizmati.
- Juda uzr so'rayman, balki bu matbuot anjumani uchun savol emasdir, agar xohlamasangiz, javob bermang. Men siyosiy vaziyatni tushunmayman, men shunaqa odamman. Savol shunday: agar nazariy jihatdan, hozir vaziyatni modellashtirsak, Fabio Kannavaro sizni O'zbekiston terma jamoasidagi murabbiylar shtabiga taklif qilsa, bu taklifni qabul qilasizmi?
- Men bunday savolni kutmagandim.
- Nega endi? Siz o'zbek futboli ichidasiz, ikkinchi mavsum bu yerda ishlayapsiz. Siz italyan oshxonasini bilasiz, italyan tilida gaplashasiz. Siz taktika yoki boshqa mavzularda gaplashasiz. Uning futboli, sizning futbolingiz, qarashlaringiz qayerdadir kesishadi. Bilmadim, shunchaki shunday vaziyatni modellashtirdim. Ayniqsa, bu yerda, agar siz, masalan, uchlik uchun kurashayotgan bo'lsangiz, bu qandaydir qiziq bo'lardi. Lekin bu yerda jon saqlash uchun kurashish, bu ham, albatta, ma'lum bir tajriba. Lekin har bir askarning general bo'lish orzusi bor. Shuning uchun bu ma'lum bir o'sish bo'ladi, shunday qiyinchiliklardan keyin. Dinda shunday, og'ir sinovlardan keyin engillik keladi. Sen bu yerda qiynalding, keyin birdan taklif tushdi. Men shunchaki modellashtirdim.
- Xo'p, yaxshi, qiziqarli savol. Yo'q, men hozir, bilasizmi, diqqatimni shunga qaratganman, masalan, bugun men hissiyotlarga berilib, yigitlarga qarayman, ular charchagan. Qiyin. Hammamiz charchadik. Men bosh murabbiy sifatida ularni tashlab ketishim, shunchaki, yigitlar, xayr, omad tilayman, deyishim noto'g'ri bo'ladi.
Shuning uchun men kundan-kunga yashayapman va ertaga nima bo'lishini ham bilmayman. Chunki ertaga kelib, bizga: "Bo'ldi, Viktorovich, ishingiz uchun katta rahmat, bu yerda hech narsa yo'q, biz yetib keldik". Men yigitlar bilan xayrlashib, ketaman. Keyin esa, albatta, takliflarni eshitaman, ko'rib chiqaman va Xudo qaysi yo'lga boshlasa, o'sha tomonga harakat qilaman. Qiziqarli savol, lekin bunga qanday javob berishni ham bilmayman. Bu har bir kishi uchun sharaf. Menimcha, UFAda o'zining yordamchilari bor, ular savodli odamlar, shuning uchun bilmayman.
U har doim ochiq, qarasangiz, bir yordamchi, ikkinchi yordamchi, ovqatlanish bo'yicha mutaxassis, dietologiya bo'yicha mutaxassis, lekin unda katta shtab bor.
Men o'zim O'zbekiston fuqarosiman, shu yerda o'sganman. Chet elga ketganman, lekin fuqaroligimni hech qachon o'zgartirmaganman. Men mamlakatimizni sevaman. Bolalarim shu yerda maktabga boradi, turmush o'rtog'im o'zbek tilini o'rganishga bordi, masalan. Men uni olib bordim, o'zbek tilini o'rganyapti hozir. Shuning uchun men, qanday desam, mamlakatimizni sevaman va qo'limdan kelganicha, o'zimdagi tajribani shunchaki etkazib berishni xohlayman.



