

“Shporlar” birinchi bo'limdayoq mezbonlar darvozasiga ikkita to'p kiritib, hisobni ishonchli ko'rinishga olib kelishdi. Dastlab 12-daqiqada Konor Gallaxer, so'ngra 25-daqiqada Risharlison raqib darvozasini ishg'ol qildi. 90+6 daqiqaga kelib birmingemliklar yarim himoyachisi Emiliano Buendiya jamoasining yagona goliga muallliflik qildi.
“Tottenxem” shu tariqa 35 o'yindan so'ng 37 ochko to'plagan holda xavfli hududdan bir ochkoga uzoqlashdi. “Aston Villa” esa beshinchi o'ringa tushib qoldi. “Liverpul” bilan bir xil ochko jamg'argan jamoa mersisaydliklardan to'plar nisbatiga ko'ra pastda bormoqda.





