

Mavsum yakunlariga ko'ra, "Chelsi" evrokuboklar hududidan chiqib ketdi. Ularni mag'lub qilgan “Sanderlend” esa Yevropa ligasiga yo'llanmaga ega chiqdi. Brunu Fernandesh APLda assistlari soni bo'yicha rekord o'rnatdi. Qayd etish kerak, "Tottenxem" so'nggi turda ligada qolish vazifasini uddaladi. "Vest Xem" esa kelasi mavsumni chempionshipda o'tkazadigan bo'ldi. Chempion "Arsenal" esa derbida kichik hisobda g'alaba qayd etdi.
"Manchester Siti" Pep Gvardiolaning so'nggi o'yinida mag'lubiyatdan qutulib qolishi mumkin edi. Biroq VARning ahmoqona qarori - Foden gol urgan vaziyatda qo'li ofsaydda qolib ketgani uchun gol inobatga olinmadi. Vaholanki, bunday paytda ofsayd bo'lmasligi kerak edi.
Shu orqali mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, "Brayton" Konferenciyalar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.



