

Hakamning final hushtagi yangraganda tabloda 1:1 hisobi qayd etildi. Uchrashuv Londondagi "Tottenxem Xotspur" stadionida bo'lib o'tdi. O'yinni avstraliyalik Jarred Jillett boshqarib bordi.
Matis Tel 50-daqiqada hisobni ochib, londonliklarni oldinga olib chiqdi. Biroq 74-daqiqada Dominik Kalvert-Lyuin penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.
“Tottenxem” - “Lids” 1:1
Gollar: Tel 50 - Kalvert-Lyuin 74 (pen.).
Ushbu o'yindan so'ng "Tottenxem Xotspur" 38 ochko bilan Angliya yuqori divizioni turnir jadvalida 17-o'rinda bormoqda. "Lids Yunayted" esa 44 ochko bilan 14-pog'onani egallab turibdi.



