

"Avvalambor, insonda kuchli xohish va umid bo'lishi kerak, deb o'ylayman. Chunki O'zbekistonda Jahon chempionatining saralash o'yinlari bo'lib o'tayotganida, biz ham mashg'ulotlardan so'ng Olimpiya zaxiralari kollejidan bolalar bilan to'planib, yugurib kelar edik. Biletlar sotib olib, kiritmasa darvozalarning tagidan qochib, qandaydir yo'llar bilan stadionga kirardik. Ichkariga kirib olganimizdan so'ng, o'yinni tomosha qilib o'tirardik. Stadiondagi muhit juda yuqori va ajoyib bo'lardi.
Yoshligimdan murabbiylarim menga: "Maydonga shunchaki o'yin ko'rgani bormaslik kerak. Futbolchining butsasini, formasini yoki soch turmagini emas, balki o'zingning poziciyangdagi o'yinchi qanday harakat qilayotganini kuzatish kerak. Ertaga o'zing shu maydonga tushib qolsang, qanday o'ynaysan?" – deb takidlashardi. Shu gaplarni xayolimdan o'tkazib, o'yinni diqqat bilan kuzatib o'tirardim. Bazida xayolim chalg'ib ketsa ham, yana e'tiborimni o'yinga qaratardim.
Menimcha, eng asosiysi – umid qilish va o'ziga ishonish. "Bir kun kelib shu yerda o'ynayman", – deb maqsad qo'yish kerak. "Balki o'ynab qolarman", – degan ikkilanish bilan hech narsaga erishib bo'lmaydi. Agar chin dildan ishonsa va o'z ustida ishlasa, hammada imkoniyat bor. Hozirgi kunda yoshlarga etarlicha imkoniyatlar berilmoqda. O'z joyida o'zini ko'rsata olsa, albatta, bosqichma-bosqich o'sib boradi, deb o'ylayman", dedi 19 yoshli futbolchi.
To'liq intervyuni YouTube sahifamizda tomosha qiling:



