"Chelsi" futbolchisi uchun mavsum tugagan bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
4 yanv 2025
"Chelsi" futbolchisi Uesli Fofana mavsum yakunigacha safdan chiqqan bo'lishi mumkin.

"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska futbolchisining jarohati borligini tasdiqladi.

"Balki u mavsum yakunigacha safdan chiqqandir. U mavsumning bir qancha qismini o'tkazib yuborishi aniq. Biz ishni boshlashdan oldin ham u bilan birga edik. Ueslini yaxshi ko'raman, u pressing qila oladigan va maydonda agressiv o'yin ko'rsatadigan himoyachi.

Bunday futbolchilarni topish juda qiyin. Fofananing maydonda bo'lmasligi biz uchun og'ir zarba", - dedi Mareska.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN