"Buxoro" o'z maydonida oxirgi marta qachon "Lokomotiv"ni enggan?

Iskandarov Abdulaziz
1 avg 2026, 15:20
Bugun Superliganing 15-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Kunning markaziy bahslaridan birida Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi "Buxoro" o'z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qiladi.

Jamoalar shu kunga qadar Buxoroda o'tgan 16 ta uchrashuvda to'qnash kelishgan. Ushbu bellashuvlardagi statistika mehmonlar foydasiga so'zlamoqda:

"Lokomotiv" g'alabasi: 8 ta
"Buxoro" g'alabasi: 3 ta
Durrang: 5 ta

Qiziqarli fakt: "Buxoro" o'z maydonida "Lokomotiv"ni oxirgi marta 2016 yilgi mavsumda mag'lub etgan. Shundan so'ng o'tkazilgan 5 ta ketma-ket bahsda "temiryo'lchilar" safardan 3 ochko bilan qaytishgan. Ushbu 2016 yilgi muvaffaqiyat buxoroliklarning nafaqat o'z uyida, balki o'zaro o'yinlardagi eng so'nggi g'alabasi bo'lib turibdi.


Jamoalar Superliga doirasida oradan 6 yil o'tib yana Buxoroda to'qnash kelishmoqda (so'nggi bor 2020 yilgi mavsumda kuch sinashishgan edi).

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia