

"Sky Sport" insayderi Florian Plettenberg xabariga ko'ra, 19 yoshli ivuarlik futbolchi ertalab klub rahbariyatiga o'zini betob his qilayotganini ma'lum qilgan. Shu sababli u jamoaning Avstriyadagi yig'inlariga bormaydi.
Diomande bugungi "Ferl"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi uchun qaydnomaga ham kiritilmagan. Biroq uning o'yinda ishtirok etmasligi avvaldan rejalashtirilgani takidlanmoqda.
Plettenbergning ma'lum qilishicha, futbolchi "Leyptsig" bilan xayrlashishga tayyor va butun e'tiborini "Real"ga o'tishga qaratgan.
Shu bilan birga, madridliklar transfer bo'yicha yaqin soatlar ichida yakuniy kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda. Agar barcha masalalar hal etilsa, Diomande Ispaniyaga uchib borib, tibbiy ko'rikdan o'tadi va "Real" bilan shartnoma imzolaydi.



