"Surxon" sobiq murabbiyi bugungi o'yinlardagi imkoniyatlarni qanday baholadi?

Iskandarov Abdulaziz
27 iyul 2026, 14:25
Bugun Superliganing 14-tur uchrashuvlari davom etadi.

Kun dasturidan "Andijon" – "Buxoro", OKMK – "Mashal", "Lokomotiv" – "So'g'diyona" uchrashuvlari o'rin olgan. Mazkur bellashuvlar oldidan tajribali murabbiy Bahrom Haydarov o'z taxminlari bilan o'rtoqlashdi.

"Andijon" – "Buxoro" uchrashuviga to'xtaladigan bo'lsam, ikki jamoa ham barqaror o'yin ko'rsatmoqda. To'g'ri, mavsum restartini ular mag'lubiyat bilan boshlashdi. Keyingi o'yinlarda esa durang va g'alaba qayd etishdi. "Andijon"ning o'z maydonida, muxlislari qarshisida o'ynashini hisobga olsak, bahs mezbonlar foydasiga hal bo'ladi deb o'ylayman.

"Mashal" yangi murabbiy qo'l ostida 2 ta o'yinda 4 ochko ishlashga muvaffaq bo'ldi. Jamoa yangicha o'yin namoyish etmoqda. Ammo OKMKning holatini ham ko'rib turibmiz - 2 ta o'yinda g'alaba qozonishdi. Mirjalol Qosimov jamoasi juda mazmunli o'yin ko'rsatmoqda. Olmaliqliklar o'z uyida g'alaba qozonsa kerak.

"So'g'diyona" o'tgan turda juda yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Shunday ekan, endi ular muxlislari va rahbariyat oldida o'zlarini oqlashga, ushbu mag'lubiyat tasodif ekanini isbotlashga harakat qilishadi. Nazarimda, "Lokomotiv" – "So'g'diyona" uchrashuvida g'olib nomi aniqlanmaydi (durang bo'ladi)".

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia