Duglas Luisning asosiy maqsadi – "Manchester Yunayted"ga o'tish

1 avg 2026, 14:28
"Yuventus" yarim himoyachisi Duglas Luis faoliyatini Angliyada davom ettirishni istamoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchiga vatani Braziliyadan ham bir nechta takliflar bor. Biroq uning asosiy maqsadi – aynan "Manchester Yunayted" safiga qo'shilish.

Qayd etilishicha, "Yuventus" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi yaxshi munosabatlar ehtimoliy transferga ijobiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Shu bois Italiya nashri tomonlar Joshua Zirkzee ishtirokidagi almashinuv variantini ham ko'rib chiqishi mumkinligini yozmoqda. Ayni paytda bunday kelishuv bo'yicha rasmiy muzokaralar olib borilayotgani haqida ma'lumot yo'q.

Duglas Luis o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik yarim himoyachining "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport