

Jamoa matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, klubni qo'llab-quvvatlash maqsadida 5 milliard so'm miqdorida mablag' yo'naltirilgan.
Ushbu moliyaviy yordam O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi "Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik subektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-107-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilgan. Klub rahbariyati mamlakatda futbolni rivojlantirish yo'lidagi ushbu islohotlar va e'tibor uchun davlat rahbari hamda hukumat rasmiylariga o'z minnatdorchiligini bildirdi.
Bayonotda alohida qayd etilishicha, bu xabar orqali jamoaning ashaddiy muxlislari xotirjamlikka chaqirilgan. Hozirda "Bunyodkor" futbolchilari va murabbiylar shtabi Superliganing navbatdagi tur uchrashuvlariga belgilangan reja asosida, hech qanday to'siqlarsiz tayyorgarlikni davom ettirmoqda.



