Messi "Kolambus"ga qarshi o'ynaydimi? "Inter Mayami" murabbiyi javob berdi

1 avg 2026, 13:15
"Inter Mayami" murabbiyi Gilermo Oyos Lionel Messining MLS doirasida "Kolambus Kryu"ga qarshi bahsda maydonga tushish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

Murabbiyning aytishicha, hozircha bu borada yakuniy qaror qabul qilinmagan. Chunki argentinalik futbolchi JCH–2026dan keyin endigina klub ixtiyoriga qaytgan.

"Bu masalada muloqot qilib turibmiz. Messi endigina qaytdi. Hali u bilan batafsil suhbatlashishga ulgurmadik.

Biz uning va Rodrigo De Paulning jamoaga qaytganidan juda xursandmiz. Ularni yana klubda ko'rish juda yoqimli", - dedi Oyos.

Eslatib o'tamiz, 39 yoshli Lionel Messi JCH–2026 yakunlanganidan so'ng chorshanba kuni "Inter Mayami" safidagi ilk mashg'ulotida ishtirok etdi.

"Inter Mayami"ning "Kolambus Kryu"ga qarshi MLS uchrashuvida Messining maydonga tushish-tushmasligi bo'yicha yakuniy qaror esa o'yin oldidan qabul qilinishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN