

Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi. Manbaga ko'ra, parijliklar 24 yoshli francuz uchun 50 million evro to'laydi. Klublar transfer bo'yicha kelishuvga ikki kun avval erishgan bo'lsa, endi futbolchining o'zi bilan ham barcha shartlar kelishib olindi.
Akliush kelasi hafta tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng u PSJ bilan 2031 yil iyuniga qadar mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
Magnes Akliush so'nggi yillarda Fransiyaning eng iqtidorli yarim himoyachilaridan biri sifatida etirof etib kelinmoqda. Unga "Manchester Siti", "Arsenal" va "Liverpul" kabi Angliyaning top-klublari ham qiziqish bildirgan, biroq yakunda PSJ transfer poygasida g'olib chiqdi.



